Avstraliya bosh vazirining ofshor firmasi Sibirda oltin qazib olish bilan shug‘ullangan

Jahon 11:55 / 12.05.2016 4269

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull, Sibirning «Suxoy Log» oltin konida faoliyat yuritgan ofshor kompaniyasi rahbari bo‘lgan, deb yozmoqda Australian Financial Review.

Nashrning aniqlik kiritishicha, Ternbull va Avstraliyaning Yangi Uels shtati sobiq rahbari Nevill Ren 90-yillarda navbati bilan Star Technology Service kompaniyasini boshqarishgan. U Britaniyaning Virjin orollarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning ishini Mossack Fonseca firmasi olib borgan.

Avstraliya bosh vaziri vakilining aytishicha, Ternbull Mossack Fonseca’ning Star Technology Service ishiga aloqasi borligini bilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: