APLning qoldirilgan uchrashuvida «Liverpul» «Chelsi» bilan durang o‘ynadi

Sport 09:00 / 12.05.2016 2152

Angliya Premer-ligasida 12 mayga o‘tar kechasi 30 va 35-turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida «Enfild»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang qayd etildi. 

O‘yinning 32-daqiqasida Eden Azar 4 nafar futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas olis burchakni aniq nishonga oldi. 

Qiziqarli kechgan o‘yinda londonliklar yaxshi himoyalanishdi, hattoki o‘yin so‘ngida ikkinchi golni urishlari mumkin edi. Ammo Pedroning yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Minole qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mersisaydliklar hisobni tenglashtirishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Begovich ushlab qola olmadi. Benteke esa bo‘sh qolgan darvozani boshi bilan ishg‘ol qildi.

Endilikda 37ta o‘yinda 59 ochko jamg‘argan «Liverpul» 8-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 49 ochkosi bor «Chelsi» 9-pog‘onadan joy olgan.

Angliya Premer-ligasi
30-turning qoldirilgan o‘yinlari
11 may, chorshanba

«Liverpul» — «Chelsi» 1:1
Gollar: 0:1 – 32 Azar, 1:1 – 90 Benteke. 
Liverpul – Minole, Moreno, Klayn, Lovren, Ture (Ojo, 88), Jan, Lallana (Benteke, 75), Milner (Allen, 75), Koutino, Firmino, Starrij.
Chelsi – Begovich, Baba, Aspilikueta, Keyxill, Matich, Villian (Kenedi, 57), Fabregas, Pedro (Loftus-Chik, 90), Traore (Abraxamm, 74), Azar, Obi Mikel.
Ogohlantirishlar: Jan (44), Ture (48), Milner (73), Aspilikueta (87).

Ko‘proq yangiliklar: