AQSh moliya vazirligi IShIDning neftdan oladigan daromadlari 2 marta qisqarib ketganini ma'lum qildi

Jahon 07:36 / 12.05.2016 2897

AQSh moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilik guruhining neftdan oladigan daromadlari 2 marta qisqarib ketdi va taxminan yiliga 250 mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Biz avvalroq, joriy yil boshlangungacha, IShIDning neft sotishdan oladigan daromadini yiliga 500 mln dollar miqdorida baholagandik. Fikrimcha, hozir bu daromadlar ancha kamroq", deb aytdi AQSh moliya vazirining terrorchilik va moliyaviy razvedka bo‘yicha yordamchisi Deniyel Gleyzer.

Gleyzerning aytishicha, terrorchilarning bu daromadlari neft narxining pasayishi, ular qo‘l ostidagi obektlarga zarbalar berilishi va neft kontrabandasiga qarshi faoliyat oqibatida kamaymoqda.

Bundan tashqari, Gleyzer IShID mahalliy aholidan o‘lpon olishi hisobiga 360 mln dollargacha daromad olishini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, bu moliyaviy oqimlarni kamaytirish mushkulroq, chunki ular jangarilar nazorati ostidagi hududlarda amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: