Abror Gulyamov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Jahon» axborot agentligi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
11 may kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV yangi direktorni jamoaga tanishtirgan.
A.Gulyamov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi rahbari sifatida ishlagan.
O‘zbekiston TIV qoshidagi «Jahon» axborot agentligi 1995 yil noyabrida tashkil etilgan. 2010 yildan buyon unga Fozil Qo‘qonboyev rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Biroz oldinroq agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Yusup Kabuljanov boshqa lavozimga tayinlangani xabar qilingan edi.