Facebook tarmog‘iga qarashli WhatsApp messenjeri Windows va Mac OS X uchun foydalanuvchilarga kompyuterdan yozishish imkonini beruvchi ilova ishlab chiqdi. Messenjerning Android, iOS, Blackberry va Windows Phone uchun versiyalari tayyor.
WhatsApp'dan kompyuter orqali muloqot qilishning oldin ham imkoni bo‘lgan - 2015 yilning boshida messenjer hozirgi kungacha mashhur baruzerlarning aksariyatiga muvofiq veb-mijoz ishlab chiqardi. Messenjerning brauzer versiyasi ishlashi uchun kompyuter ekranida o‘rnatilgan WhatsApp QR-kod ilovasi bilan smartfon orqali suratga olish kerak bo‘lgan.
Foydalanuvchining va bugun chiqqan messenjerning desktop versiyasi identifikatsiyasi xuddi shunday amalga oshiriladi. Bu yoningizda internetga ulangan va WhatsApp o‘rnatilgan smartfon bo‘lmasa, kompyuterdagi ilova orqali muloqot qilishning iloji bo‘lmaydi deganidir.
WhatsApp'ning desktop versiyasi brauzerdagisi kabi mobil versiyadagi barcha chatlarni shunchaki qulayroq interfeysda aks ettiradi.
Bu messenjerni kompyuterlarda qo‘llashda raqib Telegram yoki Viber'ga qaraganda kamroq moslashuvchan qiladi. Ularning foydalanuvchilari PK-versiyalari orqali muloqotga kirishi SMS-kod orqali amalga oshiriladi va keyin kompyuterdagi ilova smartfondan mustaqil ravishda ishlaydi. WhatsApp PK-versiyasining yana bir kamchiligi - Windows 7 va undan avvalgi Microsoft operatsion versiyalarini qo‘llab-quvvatlamasligi.
Dastur faqatgina Windows 8, 8.1 va 10 orqali amalga oshirilishi mumkin.