Angliyaning amaldagi chempioni «Lester» klubi hujumchisi Jyeymi Vardi Londonning «Vest Hem» klubi qiziqishlari doirasiga tushgan navbatdagi hujumchi bo‘lib turibdi.
Londonliklar Angliya terma jamoasining 29 yoshli hujumchisi uchun 20 million funt miqdorida mablag‘ va'da qilmoqda, deb yozadi Daily Mail.
Manba xabariga ko‘ra, «Vest Hem»ning Vardini sotib olish imkoniyati unchalik yuqori emas. Futbolchi oldinroq «Lester»ni tark etish niyati yo‘q ekanini ma'lum qilgandi.