O‘zbekistonga eski uskunani olib kirganlar jazolanishi belgilab qo‘yildi

O‘zbekiston 15:08 / 11.05.2016 6573

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-405-son Qonun bilan mamlakat manfaatlariga zarar yetkazadigan bitimlarni tuzganlik uchun jinoiy javobgarlik normalariga tuzatishlar kiritildi.

Norma.uz nashrining yozishicha,  naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma'naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek, ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek, bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish EKIHning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakat juda ko‘p miqdorda (EKIHning 500 baravari va undan ko‘p) zarar yetkazgan holda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Biroq yetkazilgan moddiy zarar 3 karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: