Ukraina Oliy Radasi 1944 yilgi qrim-tatarlarning ko‘chirilishini genotsid deb tan olishni talab qilmoqda

Jahon 19:28 / 11.05.2016 4255

Ukraina Oliy Radasi xalqaro hamjamiyatga murojaat etib, 1944 yilda qrim-tatarlarining vatanlaridan ko‘chirilishini genotsidga tenglashtirish va Rossiya sudi tomonidan qrim-tatarlar Majlisining Qrimdagi faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini qoralashni so‘ramoqda

Oliy Radaning 11 may kuni ertalabki majlisida BMT, Yevroparlament, PASe, YeXHT parlament assambleyasi, jahon yetakchilariga qarata qrim-tatarlariga nisbatan genotsid uyushtirilganini tan olishni so‘rab qilgan murojaatini 240 nafar xalq deputati ma'qullagan. 

Oliy Rada, shuningdek, RFdan "Ukraina suveren hududining ajralmas qismi bo‘lgan Qrimdagi fuqarolar va inson huquqlari, xususan, tubjoy aholisi hisoblanuvchi qrim-tatarlarining haqlarini poymol etmaslikka chaqirgan".
Ukraina parlamenti jahon yetakchilari va jamoat arboblarini "RF tomonidan qrim-tatarlarining kamsitilishi va ta'qib qilinishiga chek qo‘yishda zaruriy sa'y-harakatlarni amalga oshirish"ga chaqirgan.

Shuningdek, Rada davlatlar va xalqaro tashkilotlarni 18 may kuni qrim-tatarlari ko‘chirilishi qurbonlari xotirasi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: