Turkiyada IShIDga a'zolikda gumon qilib qo‘lga olingan 5 mahbus qochib ketdi

Jahon 18:57 / 11.05.2016 2983

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Ko‘chali viloyatidagi koloniyalardan biridan IShIDga a'zolikda gumon qilinib qo‘lga olingan 5 nafar mahbus qochib ketgan. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatdi.

Manbaning huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib xabar qilishicha, bu shaxslar Suriya bilan chegara hududida qurol savdosi amalga oshirganlikda va IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingandi. Maxsus xizmatlar bu jinoyatchilarning qochib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan bo‘lsada, ular qamoqxonadan qishloq hududidagi kichik koloniyaga o‘tkazilgan va shundan keyin ular qochib ketgan.

Oxirgi ma'lumotlarda qochoqlardan 3 nafari qo‘lga olingani, yana ikkisini qidirish ishlari davom etayotgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: