Toshkentda IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi boshlandi

O‘zbekiston 20:48 / 11.05.2016 13893

Bugun, 11 may kuni o‘z ishini boshlagan IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida ishlanmalar an'anaviy 5ta yo‘nalish: “Sanoat”, “Axborot texnologiyalari”, “Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika”, “Qishloq xo‘jaligi”, “Fan va ta'lim” bo‘yicha namoyish etildi.

Har yili muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan va fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsion aloqani ta'minlashning amaliy mexanizmiga aylanib ulgurgan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar hamda ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalar orasida o‘zaro manfaatli kooperatsion aloqalar o‘rnatish imkonini yaratdi.

Unda O‘zbekistondagi vazirliklar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, mahaliy va xorijiy investorlar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari vakillari eshtirok etmoqda.

Birgina, «Fan va ta'lim» yo‘nalishi taqdimotlarida ta'lim, yosh avlodni tarbiyalash sohasida keyingi yillarda erishilgan yutuqlar, tayyorlangan ilmiy monografiya, darslik va ishlab chiqilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, jami 34 ta ishlanma taqdim etildi.

Yarmarkada 647 ta innovatsion g‘oya va ishlanma namoyish etildi.

Fotolar muallifi: Madina Nurman

Ko‘proq yangiliklar: