Making Star Wars o‘zining Gollivuddagi manbasiga asoslanib, xabar berishicha, aktyor Tom Xardi “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasining sakkizinchi qismida tasvirga tushadi. Unga qanaqa rol berilishiga oydinlik kiritilmagan, ammo u katta ehtimol bilan Birinchi Orden shturmchisi obrazida namoyon bo‘lishi mumkin.
Ma'lum bo‘lishicha, Xardining personaji sobiq shturmchi Finning eng yaqin do‘sti bo‘lib, ular harbiy akademiyada birga tahsil ko‘rgan bo‘lishadi. U do‘stini Qarshilik harakatiga qo‘shilganini bilmaydi va ishonch bilan o‘z vazifasini davom etaveradi.
“Yulduzlar jangi”ning sakkinchi qismi premerasi 2017 yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan. Uning nomi hali aniqlashtirilmagan. Filmning yettinchi qismida rol ijro etgan Jon Boyyega (Finn), Deyzi Ridli (Rey), Adam Drayver (Kaylo Ren) va Oskar Ayzek (Po Demeron) o‘z personajlarida o‘ynashadi. Sakkizinchi qismda ilk bor Benisio del Toro paydo bo‘ladi.
Aprel oyida OAVda “Yulduzlar jangi” filmining yangi qismida britaniyalik shahzodalar Uilyam va Garrilar rol ijro etgan degan xabarlar tarqaldi, ammo bu rasman tasdiqlanmadi.
Filmning yangi qismi tasvirga olish ishlari Londondan uncha uzoq bo‘lmagan Pinewood studiyasida bo‘lmoqda.