Shtaynmayyer “normand to‘rtligi” uchrashuvi yakuni xususida fikr bildirdi

Jahon 19:04 / 11.05.2016 4020

“Normand to‘rtligi” ishtirokchilari - tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bugun Berlinda o‘tkazilgan uchrashuvda Donbassda xavfsizlikni mustahkamlash borasida aniq chora-tadbirlar xususida kelishib oldi. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerga tayanib RIA Novosti xabar qildi

Xususan, uchrashuv qatnashchilari Donbassda YeXHT (Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti) monitoring missiyasi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaror qildi. 

Shu o‘rinda Shtaynmayyer “normand to‘rtligi” tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari uchrashuvida olg‘a siljish kuzatilmayotganini bildirdi. 

Germaniya tashqi ishlari vaziri rasmiy vakili Laura Gryunevald Berlinda uchrashuv yakuniga oid hisobot kutilmayotganini ma'lum qildi. 

Shuningdek, vazir muzokaralar muhiti ikki oy avvalgidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lganini tan oldi.

Ko‘proq yangiliklar: