Seulda Invest in Uzbekistan biznes-forumi o‘tkazildi

O‘zbekiston 13:51 / 11.05.2016 4079

Seulda (Koreya Respublikasi) Koreys birjasi bilan hamkorlikda Invest in Uzbekistan Xalqaro biznes-forumi o‘tkazildi.

Davlat Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, forum ishida Janubiy Koreya Hukumati, Koreys fond birjasining 200dan ortiq rahbar hamda yetakchi koreys kompaniyalarining vakillari ishtirok etishdi. 
Qatnashchilar orasida Samsung, LG, Lotte Group, Hyundai, Daewoo Pasco, Kogas, Hanjin, Shingdong kompaniyalari, koreys banklari va boshqalar bor edi. 

Forumni ochgan Koreya bosh vazir o‘rinbosari Yo Il Xo yetakchi Koreya kompaniyalarini "Dunyoning eng tez rivojlanayotgan barqaror iqtisodiyotini yo‘lga qo‘ygan O‘zbekiston"ni faol investitsiyalashtirishni taklif qildi. U "so‘nggi 10 yil ichidagi global inqirozga qaramay o‘zbek iqtisodiyotining yiliga 8 foizga o‘sayotganligi"ni alohida ta'kidladi. U O‘zbekiston Koreyaning Yevroosiyo tashabbusini amalga oshirish doirasidagi asosiy mintaqaviy hamkori ekapnligini bildirib, keyingi hamkorlik uchun 4ta ustuvor yo‘nalishni taklif qildi:

1) o‘zaro savdo-sotiqning o‘sishiga yo‘l ochuvchi aeroport va transport kommunikatsiyalarining qurilishi va modernizatsiyalashtirilishiga doir loyihalarni o‘z ichiga olgan transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
2) energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, uglevodorod xom-ashyosini chuqur qayta ishlovchi va quyosh energetikasining rivojlantirishga oid loyihalar;
3) tez rivojlanayotgan mamlakatlar bilan innovatsion-kreativ hamda texnologik hamkorlikni kengaytirish, ular orasida O‘zbekiston eng asosiy va ishonchli hamkor hisoblanadi;
4) mintaqada o‘zaro foyda va ishonch prinsiplariga asoslangan  hamkorlikning rivojlanishi va mustahkamlanishi.

Forum davomida O‘zbekiston vakillari Koreyaning ishbilarmon doiralariga respublika korxonalari aksiyalarini investitsiyalashtirishning istiqbolli imkoniyatlarini taqdim etishdi. 
Biznes forum doirasida yetakchi koreys kompaniyalari va respublikamizning aksionerlik jamiyatlari o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha kelishuv bitimlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: