Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu agar joriy mavsum yakuniga yetgach, madridliklar safini tark etadigan bo‘lsa, uni birinchi bo‘lib Fransiyaning «PSJ» jamoasi sotib olish huquqini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi Le Parisien.
Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar bu borada portugaliyalik futbolchining agenti Jorjye Mendesh bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» bir necha marotaba Ronalduni sotib olish istagini bildirib kelgan.
Joriy mavsum nihoyasiga yetgach, klub Ronaldu va «Barselona» hujumchisi Neymarni olib kelish uchun 300 mln yevro saflashga niyatida ekani xabar qilingandi.