"Kasperskiy labaratoriyasi" butun dunyo bo‘ylab startaplarni investitsiyalashni boshlaydi

Jahon 13:48 / 11.05.2016 3081

2016 yil yakuniga qadar startaplar rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida "Kasperskiy labaratoriyasi" ularni investitsiya qiladi: buning uchun kompaniya alohida investitsion bo‘limni ishga tushirdi. Transheya hajmi - 50 ming dollardan 1 million dollargacha.

Rossiyaning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri butun dunyo startaplarini investitsiyalashtirmoqchi ekanligi haqidagi xabar "Kasperskiy labaratoriyasi"ning investitsiya va innovatsiya bo‘yicha yo‘nalish rahbari Vartan Minasyan ma'lum qildi. U yosh loyihalar bilan 2015 yil kompaniyaning o‘zida tashkil etilgan investitsion bo‘lim shug‘ullanishini ta'kidladi. Muayyan loyihani investitsiyalashtirishga doir oxirgi qarorni "Kasperskiy labaratoriyasi" xodimlaridan iborat investitsiya qo‘mitasi qabul qiladi. Minasyan hozircha investitsiyalashtirilgan loyihalar bo‘yicha cheklovlar yo‘qligini bildirdi: "Doimiy tarzda investitsiyalashtirishni rejalashtirmoqdamiz", deya ta'kidladi u.

Transh hajmi invidual ravishda belgilanadi: bir loyihaga - kompaniyadagi ulushi evaziga  50 ming dollardan 1 million dollargacha mablag‘ ajratiladi.

Kompaniyani eng qiziqtiradigan loyihalar - mobil va bulut xavfsizligi muammolarini hal qilishga yordam beruvchi, internet buyumlarning imkoniyatlari va zaif tomonlarini o‘rganuvchi, jismoniy xavfsizlikni ta'minlash (terrorchilar identifikatsiyasi tizimi, uy yoki idoraga kirish tizimi, qo‘riqlash tizimi va h.k.), kiberhimoyaning yangi texnologiyalarini qidiruvini qo‘lga qo‘yuvchi loyihalar.

"Kasperskiy labaratoriyasi"  xususiy foydalanuvchilarga antivirus qarorlar sotadi, shuningdek yuridik shaxslarga kiberhimoya bo‘yicha qarorlar taklif qiladi. Kompaniya mahsulotlaridan dunyoning 200 mamlakatida foydalaniladi, 32ta mamlakatda uning idorasi faoliyat ko‘rsatadi. 2015 yil yakunlariga ko‘ra, "Kasperskiy labaratoriyasi"ning daromadi 619 million dollarga teng bo‘ldi. Kompaniyaga asosiy daromadni Yevropa, AQSh va Kanada davlatlari keltiradi.

Ko‘proq yangiliklar: