Futbol bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 40tagacha oshirish masalasi oktabrda ko‘rib chiqiladi 

Sport 15:44 / 11.05.2016 3819

FIFA ijroqo‘mi a'zolarining Meksika poytaxti Mexikoda bo‘lib o‘tgan kongressida 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab ishtirokchi davlatlar sonini oshirish masalasi 2016 yilning oktabr oyida ko‘rib chiqlishi bo‘yicha kelishib olindi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi

Turnirga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini aniqlash esa to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: yangi strategiya va konsultatsiyalar (2016 yil may –2017 yil may), ariza berish bo‘yicha tayyorgarlik (2017 yil, iyun –2018 yil dekabr), arizalarni baholash (2019, yanvar –2020, fevral), turnir mezbonini tanlash (2020 yil, may). 

Eslatib o‘tamiz, FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino anchadan buyon JCh-2026 turniridan boshlab final bosqichi ishtirokchilari sonini 40ta jamoaga oshirish bo‘yicha taklifni ilgari surib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: