11 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir etilgan navbatdagi terakt tufayli 34 kishi halok bo‘lgan va 60dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, portlovchi qurilma o‘rnatilgan qizil rangli avtomobil shaharning sharqiy qismida shialar istiqomat qiluvchi Madinat-Sadr tumanida portlatilgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning aksari politsiyachilar.
Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.