Bag‘dodda 11 may kungi teraktlar qurbonlari soni 80 nafardan ortdi

Jahon 20:19 / 11.05.2016 5403

11 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida yana 2 marta porlash sodir bo‘ldi va kamida 25 kishi halok bo‘lib, 56 kishi jarohatlandi. Natijada shu kungi jami 3ta terakt qurbonlari soni 80 nafardan ortdi.

Kunning birinchi yarmida Bag‘dod sharqida, shialar istiqomat qiluvchi Madinat-as-Sadr tumanidagi bozor oldida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatilgandi va 64 kishi halok bo‘lib, 87 kishi jarohatlangandi.

Bu terakt uchun IShID javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Kunning ikkinchi yarmida esa shahar shimolidagi Qadimiya tumani hududida ikkinchi portlash amalga oshirilgan. Natijada 15 kishi halok bo‘lib, 33 kishi jarohatlangan.

Kun davomidagi uchinchi terakt shahar g‘arbida, sunniylar ko‘pchilikni tashkil qiladigan tumandagi bozor hududida yuz bergan. Bu terakt 7 kishining o‘limiga hamda 22 kishining jarohatlanishiga olib kelgan.

Aprel oyi boshidan buyon Bag‘dodda bir necha yirik teraktlar amalga oshirildi va o‘nlab kishilar nobud bo‘ldi. Bugungi teraktlar esa ko‘lami jihatidan oxirgi oylardagi eng yirigi bo‘ldi.

Iroq xavfsizlik xizmati Bag‘dod atrofida teraktlar miqdori kamayishiga erishish maqsadida devor qurishni boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: