AQSh razvedkasi: XXR Janubiy Xitoy dengizida Havo hujumidan mudofaa hududini tashkil etadi

Jahon 12:39 / 11.05.2016 4252

AQSh milliy josuslik xizmati direktori Jyeyms Klepper Xitoyning Janubiy Xitoy dengizida HHM (havo hujumidan mudofaa) tizimining ta'sir doirasini barpo etish rejasi borasida ishonch bildirmoqda. U The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan.

Klepperning hikoya qilishicha, u Osiyoga uyushtirgan safari chog‘ida Janubiy Xitoy dengizining harbiylashuvi borasida xitoylik hamkasblari bilan piching ohangida luqma tashlashgan. Amerika milliy razvedkasi rahbarining taxmin qilishicha, Xitoy ziddiyatli mintaqada HHM hududini barpo etish «yo‘lida harakatlanmoqda» va tez orada bu haqda e'lon qiladi. 

AQShning Arizona shtatidan senator Jon Makkeyn esa, rasmiy Pekinni Janubiy Xitoy dengizidagi xatti-harakatlari tufayli keskin choralardan ogohlantirdi. 
Ushbu dengizdagi Parasel orollariga XXR, Tayvan, Bruney sultonligi, Filippin, Malayziya va Vetnam davlati hududiy da'vo qilib keladi.  Xitoy hukumati esa, mintaqada, xususan, riflarda sun'iy orollar barpo etish bilan infratuzilmalar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, Xitoy u yerda o‘z jangovar texnikalarini joylashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: