Jizzax viloyatida keyingi ikki yilda bog‘ maydonlari 5 ming gektarga kengaytirilib, 14 ming 90 gektarga, tokzor 5 ming 670, sabzavot maydonlari 16 ming 880 gektarga yetkazildi. Bog‘lar asosan tabiiy iqlim sharoiti qulay bo‘lgan Baxmal, G‘allaorol, Jizzax, Zomin, Forish, Yangiobod kabi tog‘oldi tumanlarida barpo etilmoqda. Ushbu hududlarda o‘tgan yili kuzda va shu yil erta bahorida intensiv agrotexnologiyalarga asoslangan 352 gektar bog‘ va 374 gektar tokzor barpo etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Joriy yilda viloyatda meva yetishtirishni 112 ming, kartoshka va sabzavot mahsulotlarini 501 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Tumanda tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq boshoqli don ekinlari ekib kelingan 1 ming 800 gektar maydon 2020 yilgacha to‘liq meva-sabzavot va uzum yetishtirish uchun ajratiladi.