Sherpi xalqi vakili 11 may kuni Everest cho‘qqisini zabt etdi. U Nepalda sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan bir yil o‘tib cho‘qqiga chiqishga jazm etgan birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar qilgan.
“Sherpa Sherra Gialgen Sagarmatxi (nepalcha nomi Jomolungma) cho‘qqisini 17.05 (Toshkent vaqti bilan 16.20)da zabt etdi”, - ma'lum qildi Nepal tog‘ turizmi assotsiatsiyasi rahbari.
Avvalroq Everestni birinchi bo‘lib yaponiyalik alpinist Nobukazi Kuriki zabt etishga uringandi, biroq niyatini amalga oshira olmay ortiga qaytgandi.
Nepalda 7,9 magnitudali vayronkor zilzila 2015 yilning 25 aprelida sodir bo‘lgandi. Zilzila o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda joylashgan. Taxminan ikki haftadn so‘ng mamlakat yana 7,3 magnitudali yer qimirlashini boshidan kechirdi.
Shundan so‘ng yana bir necha zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchlisining magnitudasi 6,3 ballni tashkil etdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida o‘rtacha 9 ming kishi nobud bo‘lgan, 22 mingdan ortiq inson jabrlangan.