Turkiyaning Diyorbakir shahrida navbatdagi terakt tufayli 3 kishi halok bo‘lib, 42 kishi jarohatlandi

Jahon 20:55 / 10.05.2016 5301

Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahri markazida, Bog‘lor tumanida portlash amalga oshirilishi natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 42 kishi jarohatlangan. Bu haqda NTV xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil politsiya avtobusi yonida portlatilishi orqali amalga oshirilgan.

Bu avtobus Kurdiston ishchilar partiyasining qo‘lga olingan a'zolarini olib ketayotgan edi. Portlash natijasida jabrlanganlar orasida politsiyachilar ham (12 nafar politsichi), mahkumlar ham va tinch aholi vakillar ham bor.

Qayd etish kerakki, Diyorbakir shahrini Turkiya sharqida avtonom davlat (Turkiya Kurdistoni) tuzish niyatida bo‘lgan Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari o‘zlarining poytaxtlari sifatida bilishadi.

Keyingi yarim yil davomida hududda notinch vaziyat saqlanib qolmoqda. Yanvar oyida shahardagi politsiya mahkamasida terakt uyushtirilishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgandi. O‘tgan vaqt ichida yana bir necha marta portlashlar amalga oshirildi.

Bugun hujumga uchragan harbiylar va politsiyachilar bir necha oy davomida hududda partiya a'zolariga qarshi amaliyotlar o‘tkazishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: