Tadqiqot: AQSh harbiylari orasida Tramp tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil qiladi

Jahon 10:04 / 10.05.2016 2730

Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy xizmatchilari orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mamlakat prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Demokratik partiya vakili Hillari Klintonga qaraganda 2 baravar mashhurroqdir. Bu haqda The Military Times xabar yozgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, amerikalik harbiylarning 54 foizi Tramp uchun ovoz berishga tayyor bo‘lsa, ularning atigi 25 foizi Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bunda, so‘ralganlarning 21 foizi nomzodlar orasida faqatgina Klinton va Tramp qolgudek bo‘lsa, ovoz berish jarayonida ishtirok etmasligini aytishgan. 

Qayd etilishicha, Berni Sanders uchun askarlarning 38 foizi ovoz berishga tayyor. Partiyadosh harbiylarning 82 foizi Trampni, demokratik partiyaga a'zo harbiy xizmatchilarning 72 foizi esa Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

So‘rovda 951 nafar harbiy ishtirok etgan. 

Aprel oyida o‘tkazilgan boshqa bir ijtimoiy so‘rovda amerikaliklarning Trampga nisbatan Klintonga ko‘proq ishonishlari ma'lum bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: