Ogyust Roden (1840-1917) muallifligidagi “Abadiy bahor” skulpturasi Nyu-Yorkda, Sotheby's auksionida rekord darajadagi mablag‘ - 20,4 million dollarga sotildi. Bu haqda TASS agentligi xabar qildi.
Buyuk Britaniya auksion uyi ma'lumotiga ko‘ra, ekspertlar asarni 12 million dollarga baholashgandi.
Roden shedevrlari avvalgi rekordi shu yil fevral oyida Londonda o‘rnatilgan edi. O‘z paytida aktyor Silvestr Stallone kolleksiyasida bo‘lgan “Iris – ma'budlar elchisi” figurasi 16,7 million dollarga sotilgan.
Odatda Klod Mone asarlariga talab yuqori bo‘lardi. Uning uchta surati eng qimmatbaho asarlar o‘ntaligiga kirgan.
Nyu-Yorkda impressionizm va zamonaviy san'at asarlari kimoshdi savdosining birinchi kuni 62ta lot savdoga qo‘yildi. Ularning uchdan bir qismiga xaridor topilmadi. Daromad 144,4 million dollarni tashkil etdi. Sotheby's esa 165 million dollar foydani ko‘zlagan edi.