«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z jamoasining APL chempioni bo‘lishi munosabati bilan italiyalik jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
– Qaysi vaqtga kelib «Lester»ning chempion bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladingiz?
– Safarda «Manchester Siti» ustidan safarda qozonilgan g‘alabadan keyin (2016 yilning 6 fevrali, 25-tur, 3:1). Shuningdek, «Arsenal»ga qarshi ikkinchi davradagi o‘yinda (14 fevral, 1:2) oxirgi daqiqalarda mag‘lub bo‘lsakda, chempionlarga xos o‘ynagandik. O‘sha o‘yin vaqtida jamoaning ishtiyoqini kuzatib yordamchimga biz chempion bo‘la olishimiz haqida ilk bor aytganimni eslayman.
– «Lester» ertagi Italiyada takrorlanishi mumkinmi?
– Katta jamoalarda muammolar yuzaga kelsa mumkin. Bu mavsumda Angliyada aynan shunday holat kuzatildi.
– Sizlarning chempionligingiz futbol tarixidagi eng katta jasorat bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
– Yo‘q. Bundan a'loroq natijalar o‘tgan asrda «Nottinhem Forest» jamoasi tomonidan o‘rnatilgan. Ular mamlakat chempioni bo‘lish bilan birga Yevropa chempionlar Kubogini ham yutishgan. Men ham keyingi yillarda shunday muvaffaqiyatni takrorlashga umid qilaman», – degan italiyalik mutaxassis.