Olmaotadagi dahshatli yong‘in 46 ta xonadonning kulini ko‘kka sovurdi

Jahon 16:16 / 10.05.2016 6391

Olmaotada joylashgan "Yubileyniy" supermarketida yuz bergan yong‘in oqibatida 46 ta xonadon yonib ketdi. Bu haqda turar-joy qo‘mitasi rahbari Aleksandra Komarova xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barda chiqqan yong‘indan so‘ng, bino xodimlari uni o‘zlari o‘chirishga uringan.

Turar-joy binosida yashovchilar akimat (hokimiyat) xodimlari bilan birga yongan xonadonlarni borib, ko‘zdan kechirdi. Zararning umumiy qiymati aniqlandi.

Ana shunday qo‘rqinchi vaziyatga qaramay, barcha bir-biriga yordam bergan. Yong‘in bo‘layotgan hududni tark etishgan. Odamlarning guvohlik berishicha, yong‘in juda kuchli bo‘lgan.

O‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, ishlarini boshlab yuborgan. Ular binoning old qismini o‘chirishayotgan vaqt, uning ort qismidan odamlar ko‘chirilgan.

Jami bo‘lib, yong‘indan 7 nafar kishi qutqarilgan va 120 nafar kishi ko‘chirilgan, ularning orasidan 3 nafari yosh bolalardir. Bir kishi is gazidan zaxarlangani uchun shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha boshqa jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma'lumot mavjud emas.

Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmatining 21 ta texnikasi va 115 nafar xodimi ishlagan. Yong‘in 1100 kvadrat metrda sodir bo‘lgan. Uning sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: