Obama Suriyadan eksponatlar olib kirishni cheklovchi qonunni imzoladi

Jahon 10:07 / 10.05.2016 2253

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriyadan arxeologik eksponatlar olib kirishni cheklovchi qonunni imzolagani to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar beradi.

Kongress tomonidan qabul qilingan qonun davlat rahbaridan Suriyadan arxeologik va etnografik buyumlarni olib kirishni cheklashga doir chora ko‘rishini talab qiladi.  

Bundan avval Ermitaj direktori Mixail Piotrovskiy Sankt-Peterburg muzeyi YuNeSKO tashkilotining IShID terrorchilari tomonidan vayron etilgan Suriyaga tegishli qadimiy Palmira shahri qiyofasini tiklash bo‘yicha barcha tadbirlarida qatnashishini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: