Qohira markazidagi yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi

Jahon 00:46 / 10.05.2016 5055

Misr poytaxti Qohirada sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va 91 kishi jarohat oldi. Bu haqda Misr sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Al-Ahrom" gazetasi yangiliklar portali ma'lum qildi.  

Tez tibbiy yordam xizmati boshlig‘i Ahmad al-Ansoriyning aytishicha, shifoxonaga 40 kishi yetkazilgan, yana 51 kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan. Ulardan ko‘pchiligi is gazidan zararlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in Qohiraning markaziy qismidagi qadimiy tumanda joylashgan, gavjum Ataba savdo dahasida do‘konlar va kiyim-kechak omborxonalarida yarimtundan keyin boshlangan. So‘ngra olov qo‘shni binolarga, jumladan 6 qavatli Andalusia  mehmonxonasiga o‘tgan. Mehmonxonada to‘xtaganlarning barchasi zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Shahar hokimiyati yong‘inni o‘chirish uchun 30 ta fuqarolik mudofaasi brigadasi va 5 ta o‘ch o‘chirish mashinasini jalb qilgan.

O‘ch o‘chiruvchilar yong‘inni 8 soatdan keyingina o‘chira olishgan, yaqin oradagi o‘nlab do‘konlar, savdo pavilonlari va mahalliy savdogarlarning omborlari butkul yoki qisman vayron bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligi o‘z mahsulotlarini saqlab qolish paytida is gazidan zaharlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr ta'minotidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: