Istomin dunyo reytingida 15 pog‘onaga yuqoriladi

Sport 08:50 / 10.05.2016 6804

Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e'lon qilindi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan bir yo‘la 15 pog‘onaga yuqorilab, 64-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Farrux Do‘stov esa to‘rt pog‘onaga pastlab, 224-o‘rinni egallab turibdi.

Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Novak Madrid “Masters”idagi g‘alabadan so‘ng o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi. Kuchli o‘ntalikda bitta o‘zgarish kuzatildi. Rojyer Federer reytingda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning o‘rniga esa Endi Marrey pastladi.

ATR ReYTINGI. 9 may kungi holat

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 16550 ochko

2. (3) Rojyer Federer (Shveytsariya)- 7525

3. (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 7525

4. (4) Sten Vavrinka (Shveytsariya) - 6380

5. (5) Rafael Nadal (Ispaniya) - 5675

6. (6) Kei Nishikori (Yaponiya) – 4290

7. (7) Jo-Vilfrid Tsonga (Fransiya) - 3400

8. (8) Tomash Berdix (Chexiya) - 2940

9. (9) David Ferrer (Ispaniya) - 2920

10. (10) Milosh Raonich (Kanada) - 2740

64 (79). DeNIS ISTOMIN (O‘ZBeKISTON) 771...

224 (220). FARRUX DO‘STOV (O‘ZBeKISTON) 240

Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni berilgan

Manba. olamsport.com

Ko‘proq yangiliklar: