Xitoyda 8 ming yillik sholipoya aniqlandi

Jamiyat 22:52 / 10.05.2016 6425

Xitoyning Nankin muzeyining arxeologiya instituti olimlari 8 ming yil avvalgi sholipoya (guruch ekiladigan ekin maydoni) aniqlanganini ma'lum qilishdi. Bu topilgan sholipoya sayyoramizda aniqlangan eng qadimgi sholipoya bo‘ldi. 

Tszyansu viloyatining Sixun uyezdida, Sariq dengiz bo‘yida aniqlangan sholipoya 100 kvadrat metrlik maydonga ega bo‘lib, 10 kvadrat metrlik qismlarga bo‘lib chiqilgan.

Olimlar u yerdan olingan tuproq namunalarini tahlil qilib, odamlar qadim vaqtlardayoq guruchni maqsadli ravishda yetishtirganliklari haqidagi xulosaga kelishdi. Olimlar bir qator qiziqarli topilmalarni, jumladan qadimdagi dehqonlar tomonidan yaratilgan suvni to‘plash uchun o‘ralar, ariqlar va suv qochiradigan teshiklarni aniqlashdi. Karbonlashtirilgan va xonakilashtirilgan guruch bu sholipoyaning yoshini aniqlashga imkon berdi.

Institut direktori Lin Lyugenning "Sinxua" axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilishicha, guruch Xitoyda 10 ming yil avvalroq o‘stira boshlangan. Avvalroq boshqa olimlar 10 ming yillik karbonlashtirilgan guruchni aniqlashgandi, biroq qadimiy sholipoyalar qoldiqlari juda kam uchraydi.

Ko‘proq yangiliklar: