Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpin Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen Inni Koreya yetakchi Mehnat partiyasi raisligi qayta saylanganligi bilan muborakbod etdi. Bu haqda Xitoy nashrlariga tayangan holda "Interfaks" agentligi xabar qildi.
Xitoy rahbari o‘z tabrik nomasida “an'anaviy do‘stlik aloqalari ikkala tomon uchun ham xazina” ekanini bildirdi.
Shuningdek, Si Tszinpin butun Koreya xalqiga KMP rahbarligida sotsializm yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.