Germaniyaning Kyoln shahridagi Urban Burgery restorani o‘z taomnomasiga «Erdo‘g‘an-burger» burgerini kiritgani uchun faoliyatini tahdid ostida qoldirdi va vaqtinchalikka yopildi. Bu haqda The Local xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an sharafiga nomlangan taom restoran mijozlariga aprel oyi oxiridan boshlab taklif etib kelinayotgandi. Bu taom "ishtaha ochuvchi va shirador", "echki sutidan tayyorlangan pishloq bilan" iboralari orqali keng ravishda reklama qilindi.
Keyinroq aytilishich, restoran rahbariyati bu taom orqali teleboshlovchi Yana Bemermanning Erdo‘g‘anni o‘z she'rida ayblab chiqishiga ishora qilingan.
Avvaliga «Erdo‘g‘an-burger» juda mashhur bo‘lib ketgan, u haqda mahalliy nashrlarda ham yozilgan. Ko‘p o‘tmasdan restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tahdidona xabarlar kela boshlagan. Natijada, rahbariyat xodimlarning xavfsizligini o‘ylagan holda restoranni vaqtinchalikka yopishga qaror qilgan.
Bemerman 31 mart kuni Neo Magazin Royale dasturi efirida Turkiya yetakchisiga qaratilgan haqoratli she'rni o‘qib berdi. Unda Erdo‘g‘an mamlakatdagi kurdlar va xristianlarning zulmkori sifatida tasvirlangan. Shuningdek, uning muxolifatchi jurnalistlarga munosabati qattiq tanqid ostiga olingan. Natijada Germaniya tashqi ishlar vazirligi Anqaradan boshlovchiga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish so‘ralgan og‘zaki nota oldi.
Bundan oldinroq, Erdo‘g‘on uni haqorat qilgan teleboshlovchini qo‘llab-quvvatlagani uchun Axel Springer konserni rahbari Matias Depfnerni sudga bergani xabar qilingandi.