Germaniya «sovuq urush» davridan beri ilk marta armiyasini kengaytiradi

Jahon 21:27 / 10.05.2016 16472

Germaniya Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyenning ma'lum qilishicha, hukumat 1990 yildan buyon ilk marta armiya hajmini oshirish bo‘yicha qaror qilgan. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bundesver askarlari 1990 yildan beri hozirgacha 585 mingdan 177 minggacha kamaygandi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tegishli qaror asosida yaqin 7 yil ichida armiyada 14,3 ming askar va 4,4 xodim uchun qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etiladi.

Xabar qilinishicha, bu qaror Rossiya va NATO o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida qabul qilindi, shuningdek germaniyalik askarlarning xorijdagi missiyalarda ishtirok etish zarurati ortgan.

Bundan oldinroq, NATOning Yevropadagi bo‘limi rahbari Filip Bridlav Rossiya Sobiq Ittifoq qulashidan keyin dunyoda o‘rnatilgan tartiblarni qaytadan ko‘rib chiqishga intilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: