Filippin sobiq prezidentining nabirasi prezidentlik saylovidagi o‘z mag‘lubiyatini tan oldi

Jahon 12:37 / 10.05.2016 3039

Filippinda 9 may kuni prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan Filippin prezidentligiga nomzod Manuel Rohas o‘z mag‘lubiyatini tan oldi. Bu haqda Frans Press agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

Orollar mamlakati prezidentligiga saylovda Rodrigo Duterte ildamlik qilmoqda. U 22 yil davomida Davao shahri meri lavozimida faoliyat yuritgan.

“Mer Duterte navbatdagi prezident bo‘lishi oydek ravshan”, - ma'lum qildi Rohas. 

Bundan avvalroq, Filippin prezidentligiga nomzod senator Greys Po saylovda o‘z mag‘lubiyatini tan olib, Duterteni muborakbod etgan edi. 

Filippinda prezidentlik saylovi bitta turda yakunlanadi: eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod prezident etib saylanadi. 

Prezidentlik saylovida mamlakat 100 millionlik aholisining yarmidan ortig‘i ishtirok etdi. Davlat rahbaridan tashqari, saylovchilar yangi vitse-prezident, 300 nafar qonun chiqaruvchilar hamda 18 ming mahalliy amaldorlarni saylashi kerak. Filippin rahbari postiga 5 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda. 

Frans Press agentligi ma'lumotiga ko‘ra, saylov kuni noma'lum jangarilar mamlakatning ayrim hududlarida hujumlar uyushtirdi. So‘nggi xabarlar bo‘yicha, bu hujumlar natijasida 10 kishi qurbon bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: