Facebook AQShdagi yangiliklarni yoritishda siyosiy g‘arazgo‘yliklarga yo‘l qo‘ymoqda

Jahon 11:47 / 10.05.2016 4218

Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh siyosiy hayotiga oid xabarlar mavzusini tanlashda g‘arazgo‘ylik qilmoqda, deb yozadi Gizmodo internet portali.

Sayt xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq konservativ siyosiy qarashlarga ega o‘quvchilar uchun qiziq bo‘lgan yangiliklarni tadrijiy ravishda saralab keladi. 

O‘tgan haftada portal Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "trend" guruhi xodimlari ishi yuzasidan maxsus lavhani e'lon qilgach, uning atrofida yangi mojaro paydo bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, xodimlar turli voqealarga sarlavha topib, ularning havolasini yangiliklar saytiga joylashtiradi.

Qayd etilishicha, shu bilan ijtimoiy tarmoq Facebook`ning AQShdagi 167 mln nafar a'zosi ayni vaqtda nimani mutoala qilishiga ta'sir ko‘rsata oladi. 

Bir necha nafar sobiq yangiliklar muharrirlari ham, unchalik mashhur bo‘lmagan mavzuni kun yangiligi sahifasiga joylash bo‘yicha ko‘rsatma olganliklarini tasdiqlashdi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvchi bir nechta pudratchilar, Facebook bilan bog‘liq yangiliklarni saralash moduliga qo‘shmasliklarini tasdiqlashgan. 

"Boshqa so‘z bilan aytganda, Facebook yangiliklar bo‘limi odatdagi yangiliklar bo‘limidek ishlaydi: ya'ni o‘z xodimlari va korporatsiyaning tashkiliy ko‘rsatmalariga muvofiq yangiliklarni aks ettiradi", deb xulosa qiladi nashr.

Ko‘proq yangiliklar: