UYeFA YeChL finalini boshqarib boruvchi hakamni tayinladi.
Tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 28 may kuni Milan shahrida «Atletiko» va «Real» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan final bahsida Mark Klattenburg boshchiligidagi ingliz hakamlari bo‘linmasi ishlaydi.
Klattenburgga qanotlarda Saymon Bek va Jyeyk Kollin yordam beradi, darvozalar ortidagi hakamlar esa – Entoni Teylor va Andre Marriner.
O‘yinning to‘rtinchi hakami etib vengriyalik Viktor Koshshoy nomi belgilangan. O‘yinning zaxiradagi yordamchi hakami angliyalik Styuart Bert bo‘ladi.