Bavariyada pichoq bilan qurollangan noma'lum shaxs 4 kishiga jarohat yetkazdi

Jamiyat 12:46 / 10.05.2016 2648

Germaniyaning Bavariya yeri, Myunxen shahri yaqinidagi Grafing shaharchasidagi temir yo‘l bekatida pichoq bilan qurollangan noma'lum shaxs odamlarga hujum qilgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, uning hujumi tufayli 4 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilgan.

Associated Press xabariga ko‘ra, jabrlanganlar soni 5 nafar bo‘lib, ulardan biri vafot etgan.

Ayni vaqtda hujum qiluvchi qo‘lga olingan va tergov ishlari boshlangan.

Xabar qilinishicha, noma'lum shaxs hujum qilishdan oldin "Allohu Akbar" jumlalarini baqirib takrorlagan.

Bu hodisa tufayli temir yo‘lda poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: