Yaponiyadagi jaziramalar tufayli 550dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan

Jahon 10:24 / 10.05.2016 2445

Yaponiyada o‘tgan ikki hafta mobaynida issiq urishidan kamida 569 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar qilmoqda mamlakat o‘t o‘chirish, favqulodda vaziyatlar va tez tibbiy yordam xizmati. 

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, jaziramadan aziyat chekkanlarning qariyb 40 foizi keksa kishilardir. Aprel oyi oxiri may oyi boshlaridan beri Yaponiyaning aksar hududlarida o‘ta issiq ob-havo o‘rnashib olgan. Havo harorati Tselsiy shkalasi bo‘yicha 30 darajadan oshib ketgandi. 

Yapon meteorologlari esa kishiga taskin beruvchi xabarlarni berayotgani yo‘q. Ularning fikricha, Tinch okeanidagi El-Nino va La-Ninya iqlimining ta'siri tufayli Yaponiyadagi havo juda issiq bo‘lishi mumkin. 

Yaponiyada o‘tgan  yili hukm surgan jaziramalarda 100dan ortiq inson halok bo‘lgan, 53 ming kishi shifoxonalarga yotqizilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: