Yaponiyada yoshlik yillariga qaytaruvchi uy qurildi

Light 23:39 / 10.05.2016 19642

Yoshingiz 30dan oshgani sayin o‘yin-kulgi o‘rniga ko‘proq o‘rindiq ustida hordiq olishni afzal ko‘ra boshlaysiz.  

Lekin shunday uylar ham borki, ular qarilik nimaligini bilmay, hamisha navqiron yashash uchun imkon beradi. 

Tokio shahri chekkasidagi (Mitaka shaharchasi) uy arxitektor-rassom Syusaku Arakava va uning rafiqasi, shoira Madelin Jins loyihasi ostida qurilgan.

Taniqli arxitektor tibbiyotni jiddiy o‘rganib chiqdi. Shu sababli o‘n yildan beri insonlarga yashash, ijod qilish va originallik hamda go‘zallikdan bahra olishlariga yordam berib kelayotgan turar-joyni yaratdi.  

Aniqroq qilib aytganda, Arakava-Jins tandemining konsepsiyasi  qarilik – axloqsizlik ekanligini ko‘rsatib berishga qaratilgan. Ha, aynan axloqsizlik!

Yaponlar — eng uzoq yashovchi va mehnatsevar insonlar, bor vaqtini mehnat qilishga sarflash ular uchun yangilik emas.

Uy esa tanangizni ishlashiga yordam beradi. Miya har doim harakatda bo‘lishi va bo‘g‘imlar «g‘ichirlamasligi» uchun bunday majmua ayni muddao. 

Bu yerda siz bironta ham qulay va odatiy zinapoyalarni uchratmaysiz.

Pol esa eski yongan qishloq yo‘llarini eslatadi.  

Rozetka va kalitlar shiftning eng baland qismida yoki umuman kutilmagan joylarga osib qo‘yilgan.

Oynaga yetib borish uchun ingichka shag‘allardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 

Bu uyning har bir qadamida sizni navbatdagi sarguzashtlar qarshi oladi. Masalan, oshxona polning pastki qismida joylashgan.

Yoki kiyim ilgaklari poldan ancha yuqorida joylashgan. 

Arakavaning so‘zlariga ko‘ra, insonlar, ayniqsa yoshi ulug‘ kishilar mutlaqo sokin va hordiqli muhitda yashamasliklari kerak. Shuning uchun, hattoki yotoqxona ham quyoshli sariq rangda bo‘yalgan. 

Mazkur uy har kuni sergaklikni oshirishga, bosimli holatlarda fikrlarni jamlashga, tasavvurlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.

Syusaku Arakava innovatsion turar-joy majmuasini «qaytar dunyo obekti» deb nomladi.

Uy o‘zining noodatiy arxitekturasi va notekis ko‘rinishdagi «attraksionlar»i bilan insonlar dunyoqarashini o‘zgartirib, ularni har kuni mashq qilishga undaydi va quvnoq yoshlik yillariga qaytish uchun imkon beradi.

Manba: xabardor.uz

Ko‘proq yangiliklar: