Shveytsariyaning De Grisogono kompaniyasi arablarning Nemesis International kompaniyasidan eng yirik olmosni sotish huquqini sotib oldi. Rambler News Service xabar berishicha, olmos 404 karat (deyarli 90 gramm) og‘irlikdagi qimmatbaho tosh hisoblanadi.
Uni Angoladagi Lucapa Diamond’ga tegishli kondan topishgan. Toshning chinakam narxi aniqlanmagan, biroq Lucapa Diamond uni 22,5 million dollarga sotib yubordi.
May oyi boshida Sotheby’s auksion uyi 1109 karat (221,8 gramm) hajmdagi olmosni sotuvga qo‘yishini e'lon qilgan edi.
Lesedi La Rona (Janubiy Afrika tilidan tarjima qilinganda "bizning nur", degan ma'noni bildiradi) deb nomlanuvchi toshning hajmi tennis koptogi bilan bir xil bo‘lib, so‘nggi 100 yil ichida topilgan eng katta olmos sanaladi. Uning narxi — 70 million dollar.