Toshkentda kuchli shamol sababli daraxtlar quladi

Jamiyat 13:23 / 09.05.2016 29511

9 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahri aholisi yomg‘ir aralash kuchli shamol va momaqaldiroqqa guvoh bo‘ldi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari yashin aks etgan suratlarni tarmoqqa joylashtira boshlagan.

Suratlarda bu tabiat hodisalari shahardagi daraxtlarni qulatib, ko‘plab avtomobillarga zarar yetkazgani, tomlarning shiferlari uchib ketgani, eshiklar buzilgani va devorlar ag‘anagani ko‘rinadi.

Ko‘proq yangiliklar: