Rossiyalik marhum muxolifatchi Nemtsovning qizi Deutsche Welle’da boshlovchi bo‘ladi

Jahon 21:29 / 09.05.2016 3477

Rossiyalik marhum muxolifatchi Boris Nemtsovning qizi Janna Nemtsova Deutche Welle teleradiokompaniyasida yangi mualliflik ko‘rsatuvini olib borishni boshlaydi. Bu haqda teleradiokompaniyaning tvitterida ma'lum qilindi. 

«#NemtsovaIntervyu — Janna Nemtsovaning DW’dagi yangi mualliflik ko‘rsatuvi», — deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, ko‘rsatuvning birinchi soni 10 mayda namoyish qilinadi. Nemtsovaning mehmoni yozuvchi Boris Akunin bo‘ladi.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14 ayol qatorida Janna Nemtsovaga ham xalqaro mukofot berishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: