Qayd etilishicha, dunyoda jangovar xususiyatlariga ko‘ra S-400 «Triumf» imkoniyatlariga teng keladigan qurol mavjud emas.
Harbiy parad vaqtida kolonnani Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yaxshi tank hisoblangan T-34 rusumli texnika boshqarib bordi. Shuningdek, paradda «Armata» T-14 tanki ko‘rsatildi.
Shundan keyin Qizil maydon hududida «Iskander» tezkor-taktik raketa majmuasi, «Tor-M2U» va «Buk-M2» zenit-raketa majmuasi hamda «Pantsir-S» zenit raketa-to‘p majmuasi birin-ketin paydo bo‘ldi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, G‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashina, 71ta uchish qurilmalari ishtirokida o‘tdi.