Moskvada G‘alaba paradi boshlandi

Jahon 12:33 / 09.05.2016 27466

Moskva shahridagi Qizil maydonda G‘alabaning 71 yilligi bayrami munosabati bilan harbiy parad boshlandi.

Paradda Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev ishtirok etishmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, G‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashina, 71ta uchish qurilmalari ishtirokida o‘tmoqda.

Harbiy paradni Rossiya quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov boshqarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: