Londonning yangi meri: London YeIdan chiqsa, unga falokat xavf soladi

Jahon 20:52 / 09.05.2016 6665

Londonning yangi meri Sodiq Xon Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketadigan bo‘lsa,  bu mamlakat uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda Time ma'lum qildi

"Men mer-leyborist, konservator bosh vazir bilan Yevropa Ittifoqida qolishimiz uchun kampaniyada ishtirok etmoqchiman. Oldinga borish juda muhimdir", deb aytdi Xon.

Xonning aytishicha, Yevropa Ittifoqining ko‘plab yetakchi kompaniyalari bosh qarorgohlari Londonda joylashgan bo‘lib, shahardagi yarim million ish o‘rni aynan Yevropa davlatlariga bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: