Konoplyanka Ispaniyada o‘zini Chokoplyancha yoki Shokoplyancha deya chaqira boshlashgach, familiyasini o‘zgartirdi

Sport 12:56 / 09.05.2016 4022

«Sevilya» jamoasining ukrainalik yarim himoyachisi Yevgeniy Konoplyanka Ispaniyada o‘z jamoadoshlari uni chaqirishda qiynalishayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Ularda familiyamni aytishda muammolar paydo bo‘lmoqda, kimdir Chokoplyancha deydi, kimdir Shokoplyancha… Men ularga hazillashib, "meni shokolad deb ham atayveringlar" dedim.

Ularning tilida "Jyenya" so‘zini ishlatish – juda qiyin. "Yevgeniy" so‘zini aytish esa deyarli imkonsiz. Men ularga oson bo‘lishi uchun pasportdagi ismimni "Kono" qilib o‘zgartirdim,», – deydi Konoplyanka "2+2" telekanali efirida.

Ukrainalik yarimhimoyachi joriy mavsum avvalida «Sevilya»ga «Dnepr» jamoasidan o‘tgandi. Konoplyanka «Sevilya» safida barcha turnirlarda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urdi hamda 9ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: