Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi rahbarligiga qayta saylandi

Jahon 19:22 / 09.05.2016 7948

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 7-qurultoyida partiya rahbarligiga qaytadan saylandi. Bu haqda o‘z muxbiriga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, s'yezd delegatsiyasi bu qarorni o‘rinlaridan turgan holda olqishlar bilan qabul qilishgan.

36 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan Koreya Mehnat partiyasining 7-qurultoyi 6 may kuni boshlandi va 4 kun davom etishi belgilangan. Uni yoritish uchun Pxenyanga kelgan 180 nafar xorijlik jurnalistdan 30 nafariga qurultoy bo‘lib o‘tayotgan hududga kirishga ruxsat berilgan.

Bundan oldinroq, «Bi-bi-si» muxbiri noo‘rin reportaj tufayli mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: