IFAB penalti tepish vaqtida futbolchilarning harakatlanish ritmini o‘zgartirishini butunlay taqiqladi

Sport 20:56 / 09.05.2016 11620

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashining (IFAB) futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi.

Endilikda penalti zarbasini ijro etish vaqtida harakatlanish ritmini o‘zgartirganlik uchun jazo choralari kuchaytirilgan.

Ma'lum qilinishicha, endi o‘yin hakamlari 11 metrlik jarima zarbasini ijro etish uchun nuqtaga yaqinlashayotgan futbolchilarning harakatlanish tezligini diqqat bilan kuzatadi va harakat ritmi o‘zgargan taqdirda futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatilishi va jarima zarbasi bekor qilinib, to‘p raqib tomonga berilishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, o‘yin hakamlari futbolchilarni o‘yin boshlanishidan oldin maydonga tushib kelish vaqtida janjallashgani uchun qizil kartochka bilan jazolashi mumkin. Lekin bu holatda qizil kartochka olgan futbolchi o‘rnini asosiy tarkibda boshqa futbolchi to‘ldirishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: