Grozniydagi nazorat-o‘tkazish punktida terrorchilik hujumi natijasida 6 politsiyachi jarohatlandi

Jahon 15:34 / 09.05.2016 6417

Grozniydagi nazorat-o‘tkazish punktida 2 nafar shaxs tomonidan terrorchilik hujumi amalga oshirilishi natijasida 6 politsiyachi jarohatlandi. Bu haqda Rossiya IIVning Checheniston respublikasi bo‘yicha bo‘limi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, shaharga kirmoqchi bo‘lganlar granatalar va portlovchi qurilmalar bilan qurollangandi.

Hujum qiluvchilar yo‘q qilingan, 6 nafar politsiyachi jarohatlangan, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘irligi qayd etilgan.

Interfaks agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 6:30da terrorchilardan biri o‘zini portlatishi orqali ro‘y bergan.

Ko‘proq yangiliklar: