Ekokarlarning britaniyalik ishlab chiqaruvchisi ikki yangi modelni va'da qildi

Fan-texnika 19:13 / 09.05.2016 3222

Buyuk Britaniyaning Rasa vodorodli ekomobilini ishlab chiqargan Riversimple kompaniyasi yana ikki model yaratish niyatida. Bu haqida Autocar nashri ma'lum qildi. 

Ikki yangi model ham Fiat 500 dizayni yaratuvchisi Kris Raytts ishlab chiqargan birinchi Riversimple uslubida bajariladi. Birinchi model Citroen DS'ni eslatuvchi shakldagi sedan bo‘lishi kutilmoqda. Ikkinchisi esa - yopiq g‘ildiraklar va aerodinamik kuzovli uncha katta bo‘lmagan furgon.

Og‘ir vazni tufayli ularning harakatlanish zaxirasi Rasa modeliga qaraganda kamroq bo‘ladi, Rasa yonilg‘ini qayta to‘ldirishsiz 483 kilometrgacha harakatlana oladi. 

Ikki o‘rinli Riversimple Rasa avtomobili 2016 yilning fevralida keng ommaga namoyish qilingan edi. Model alyuminiy romosti va shisha tolali kuzov paneliga ega ugleplastik monokokda qurilgan. Mashinaning og‘irligi - 580 kilogramm.

Rasa to‘rtta elektromotor bilan boyitilgan (har bir g‘ildirakda bittadan). Energiya vodorod va kislorod o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida ishlab chiqariladi. 

Ekomobil 10 soniyada noldan 96 kilometr/soatgacha tezlashishga qodir. Maksimal tezlik ham soatiga 96 kilometr bilan chegaralangan.

2016 yilning oxiriga yaqin Riversimple 20ta seriyaoldi mashinalarining "beta-sinovi"ni yo‘lga qo‘yadi. Sinovlar 2017 yilda ham davom ettiriladi. Avtomobillar sotuvi esa bir yil keyinga rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: